Rentgen bo‘limi zamonaviy raqamli uskuna bilan jihozlangan bo‘lib, tekshiruvlar yuqori aniqlikda va bemorga qulay sharoitda tez amalga oshiriladi. Raqamli rentgen moslamalaridan farqli o‘laroq, klinikamizda mavjud rentgen qurilma tekshiruvlar kam nurlanish va tekshiruvlarni tez fursatda amalga oshirish imkonini beradi.
Raqamli rentgen nima?
Raqamli rentgen – bu zamonaviy diagnostika usuli bo‘lib, ichki a’zolar, suyaklar va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlarni tez va aniq aniqlashga yordam beradi. An’anaviy rentgenlarga nisbatan, raqamli rentgen kamroq nurlanish tarqatadi va suratlarni bevosita monitor orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Afzalliklari:
- Radiatsiya darajasi past
- Natija 1–2 daqiqada tayyor
- Rasmni raqamli formatda olish (USB yoki e-mail orqali)
- Sifatli va aniqligi yuqori
- Bolalar va keksalar uchun xavfsiz
Qachon rentgenga murojaat qilish kerak?
- Suyak sinishi yoki darz shubhasida
- Bo‘g‘im og‘rig‘i yoki yallig‘lanishida
- O‘pka kasalliklari (zotiljam, sil)
- Travmadan so‘ng nazorat
- Umurtqa muammolari
Farhod Madad Shifo raqamli rentgen
Farhod Madad Shifo klinikasi Toshkentda joylashgan bo‘lib, eng so‘nggi avlod rentgen apparatlari bilan jihozlangan. Mutaxassislarimiz qisqa vaqt ichida aniq tashxis qo‘yishadi. Rentgen xizmatlari kun davomida mavjud.
Qanday yozilaman?
Siz Farhod Madad Shifo klinikasida onlayn yoki telefon orqali yozilishingiz mumkin. Tez, qulay va ishonchli xizmat kafolatlangan.
Raqamli rentgen, Qibray rentgen, suyak rentgeni, zamonaviy rentgen tekshiruvi, diagnostika Farhod Madad Shifo klinikasi
Suyak sinishi, sil kasalligi, o‘pka rentgeni, bo‘g‘im rentgeni, klinikada rentgen, rentgen apparati